Toshkentda mebel sexi yonib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent shahar Olmazor tumanida joyalashgan mebel sexi kecha, 15 yanvar kuni yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong‘in haqida ma’lumot Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 15 yanvar kuni soat 20:28 da kelib tushgan. Yong‘in Olmazor tumanida Usta Shirin ko‘chasida joylashgan mebel sexida sodir bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv guruhlari hodisa sodir bo‘lgan joyga bir necha daqiqada etib kelgan va 200 kvadrat metr maydonda yong‘inni o‘chirgan. Natijada 850 kvadrat metr do‘konda sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘in sababi mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

469

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing