Toshkentda Matiz yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Haydovchi vafot etdi

3-sahifa

image

Kecha, 29 iyul kuni Toshkentning Bektemir tumanida yuk mashinasi va Matiz to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi soat 13:00 larda Bektemir tumani, Istiqlol ko‘chasida yuz bergan. Haydovchi 2002 yilda tug‘ilgan Sh.X. Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, haydovchi 1992 y.t., D.D. boshqaruvidagi Howo rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Matiz avtomashinasi haydovchisi belgilangan tezlikni me’yoridan oshirib, rul boshqaruvini yo‘qotganligi sababli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Howo rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida Matiz avtomashinasi haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing