Toshkentda Matiz yonib ketdi
3-sahifa
−
06 noyabr 2023
5826Kecha, 5 noyabr kuni Toshkent shahri Mirobod tumanida Matiz avtomashinasi yonib ketdi. Bu haqda shaxar IIBB axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isoxonova QALAMPIR.UZ'ga xabar berdi.
Uning ma’lum qilishicha, kecha, 5 noyabr kuni soat 20:30 larda Mirobod tumani Nukus ko‘chasida 39 yoshli O.K. boshqaruvida bo‘lgan Matiz avtomashinasida yong‘in kelib chiqqan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga mashina harakati davomida elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.
Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan va kuyish yoki boshqa turdagi tan jarohati olmagan. Biroq mashina butunlay yonib, yaroqsiz holga kelgan.
“Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB hamda hududiy Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan yong‘inning kelib chiqish sabablari yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deydi Nilufar Isoxonova.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 oktyabr kuni Samarqand shahrining Sadriddin Ayniy ko‘chasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Avariyaga uchragan 17 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobilda uning ikki do‘sti ham bo‘lgan.
Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida mashina beton to‘siqqa borib urilgan. Qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgach, daraxtga to‘qnashib, yonib ketgan.
LiveBarchasi