Toshkentda Matiz daraxtga urilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi
3-sahifa
−
08 iyun 2022
7495Toshkentda Matiz rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi sababli daraxtga borib urildi. Oqibatda haydovchi hamda bir nafar yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 7 iyun kuni soat taxminan 04:00 larda Yakkasaroy tumani Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasida haydovchi Matiz rusumli avtomobil haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, rul boshqaruvini yo‘qotishi sababli yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Matiz haydovchisi hamda uning yo‘lovchisi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro Z.K. olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi