Toshkentda Matiz harakat vaqtida yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 18 oktyabr kuni Toshkentda Matiz rusumli avtomobil harakatlanib ketayotgan vaqtda yonib ketdi. Haydovchi o‘z vaqtida mashinadan tushib qolishga ulgurgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, YTH soat 18:30 da poytaxtning Yakkasaroy tumanining Bobur ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1954 yilda tug‘ilgan haydovchi M.S. Matiz rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotgan vaqtda transport vositasida qisqa tutashuv va uning ortidan yong‘in yuzaga kelgan.

Xabarga ko‘ra, haydovchi to‘xtagan va o‘zi zudlik bilan avtomobildan tushgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

“Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tuman FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 14 oktyabr kuni Samarqand viloyatida Nexia ag‘darilib, yonib ketdi. Bundan avval, 11 oktyabr kuni Toshkentda mudhish YTH yuz berib, salonida ikki kishi bo‘lgan Lacetti yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing