Toshkentda masjidga qurol olib kirayotgan erkak ushlandi

3-sahifa

image

Bugun, 1 iyul kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi “Usmon bin Ma’zun” masjidiga qurol olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Milliy gvardiya Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun taxminan soat 12:45 larda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan xavfsizlik yuzasidan masjidga kirayotgan fuqarolarning yonida bo‘lgan buyumlari tekshirilgan. Shu vaqtda 1996 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan fuqaro R.M.ning qo‘lida bo‘lgan qora rangli “barsetka”sining ichida “to‘q yashil” rangdagi pnevmatik qurol va ovoz so‘ndirgich borligi aniqlangan.

Bundan tashqari unga tegishli bo‘lgan Instagram ijtimoiy tarmog‘ida taqiqlangan turli video materiallarni joylash orqali, o‘zining obunachilariga havola qilib kelgani ma’lum bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, hozirda har ikkala holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud texnik va adabiyotshunoslik ekspertizalariga taqdim qilish choralari ko‘rilmoqda. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent qurol masjid

Baholaganlar

2468

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing