Toshkentda mast yo‘lovchi haydovchi bilan janjallashib, avtobus oynasini sindirdi (video)

3-sahifa

image

Toshkentda mast yo‘lovchi avtobus haydovchisi bilan janjallashib, transport vositasining old oynasini sindirdi hamda haydovchini urib, tan jarohati yetkazdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1 avgust kuni taxminan soat 14:30 larda 98-yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus salonida yo‘lovchi – muqaddam sudlangan, 1982 yilda tug‘ilgan D.P. mast holda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, haydovchining faoliyatiga to‘sqinlik qilib, janjal ko‘targan.

Shundan so‘ng, haydovchi 1988 yilda tug‘ilgan R.Ya. huquqbuzarni avtobusdan tushirgan vaqtda D.P. avtobusning old oynasiga musht bilan zarba bergan. Zarba oqibatida avtobusning old oynasi singan. So‘ngra yo‘lovchi haydovchining bo‘yin va yuz qismlariga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi “Kadisheva” bozori yaqinida mast holatda 50 yoshli ayol avtobus tagiga yotib olib, transport harakatini to‘xtatib qo‘ygan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing