Toshkentda mast erkaklar inspektorlar bilan janjallashdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida fuqaro ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5 avgust kuni taxminan soat 21:30 larda Yunusobod tumanining Chinobod ko‘chasida ikki mast fuqaro jamoat tartibini hamda fuqarolar osoyishtaligini buzgan. Ularning qoidbuzarligi haqida maxsus xizmatlarga xabar kelib tushgan. Shu hududda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektori va PPX xodimi zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, ushbu shaxslarni to‘xtatishga harakat qilgan. Biroq fuqarolar xodimlarning qonuniy talablarini bajarmay, ularga faol qarshilik ko‘rsatib, hodisa joyidan qochishga uringan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida fuqarolar profilaktika inspektori va PPX xodimi tomonidan ushlanib, hududiy IIBga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-modda (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) alomatlari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda fuqaro Ichki ishlar organlari xodimiga pichoq bilan tajovuz qilgandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “m” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent mayda bezorilik mast

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing