Toshkentda mast erkak kechasi yemakxonada janjal chiqardi
3-sahifa
−
27 noyabr 2025 3776 1 daqiqa
Toshkent shahrida fuqaro yemakxonada janjal chiqardi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 25 noyabr kuni soat 23:06 larda Mirobod tumani Chimkent ko‘chasida sodir bo‘lgan. Oshxona ishchilari IIV tomonidan o‘rnatilgan “tashvish tugmasi” bosib, Mirobod tumani Qo‘riqlash bo‘limiga bir fuqaro mast holda janjal qilayotgani haqida xabar bergan.
Soat 23:10 larda tungi xizmatga jalb qilingan tuman Qo‘riqlash bo‘limi tezkor harakatlanuvchi guruhi xodimlari voqea joyiga yetib kelganda 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A. oshxona oldida mast holatda jamoat joyida yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan fuqarolarni tinchligini va jamoat tartibini buzayotgani aniqlangan. Mazkur fuqaroning huquqbuzarligini bartaraf etish jarayonida, u Qo‘riqlash bo‘limi xodimlarining qonuniy talabini bajarmasdan keskin qarshilik ko‘rsatgan.
Unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jismoniy kuch ishlatilib, fuqaro zararsizlantirilgan va tuman IIO FMBga topshirilgan.
Hozirda Mirobod tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaroning harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda mast erkak o‘qituvchini kaltaklagandi.
Live
Barchasi