Toshkentda mast ayol qizchasini katlakladi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol mast holatda qizini tepkilab, unga turli haqoratli so‘zlar aytayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, ushbu voqea Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan do‘konda yuz bergan. Aniqlik kiritilishicha, hozirda holat Bolalar ombudsmani nazoratida bo‘lib, V.A. (ona)ning harakatlariga baho berish yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, jabrlanuvchi V.I. (qizcha) darhol shahar Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy himoya ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan. 

“Ayni vaqtda V.A.ni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Urganch tumanida ayol 3 nafar farzandini uyiga qo‘shib yoqib yuborish bilan tahdid qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

mast ayol ombudsman katlakladi onalik huquqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing