Toshkentda mashina o‘g‘rilari 7 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi avtoturargohda turgan Damas’ni olib qochgan yigitlar 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat 2023 yil 12 dekabr kuni Yashnobod tumanining Tarnovboshi mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Ular dastlab fuqaro M.T.ga tegishli bo‘lgan Damas’ni olib qochgan.

Ammo u yo‘lda o‘chib qolgach, yigitlar boshqa Damas’ga o‘tirib, uni ham haydab ketgan. Huquqbuzarlar o‘g‘irlangan mashinada ketayotganda ular yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi tomonidan mashina o‘g‘rilari Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) bilan aybli deb topilib, shu asosda mazkur kodeksning 57-moddasini qo‘llagan holda 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent mashina o'g'rilari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made