Toshkentdagi markaziy masjidlarga yangi imom-xatiblar tayinlandi
Jamiyat
−
13 noyabr 2019
26745O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkentdagi makarziy masjidlarga yangi imom-xatiblar tayinlanganini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Uchtepa tumani “Said Vaqos ota” jome masjidi imom-xatibi Foziljon domla Ubaydullayev Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o‘tkazilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning tasarrufidagi jome masjidlarda ko‘p yillar xizmat qilgan, joriy yilning 4 yanvaridan boshlab “Minor” masjidi imom-xatibi lavozimida ishlab kelayotgan Rahimberdi domla Rahmonov esa Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Kamolon” dahasidagi “Xo‘ja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlangan.
Joriy yilning 1 yanvaridan buyon sentyabr oyiga qadar ushbu masjidda Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li imom-xatiblik qilib kelayotgan edi.
LiveBarchasi