Dahshatli qurol va undan saqlanish to‘g‘risida Rahimberdi domla Rahmonov bilan suhbat

Foydali

Ramazonda ko‘zda tutilgan fazilatlar bisyor. Mana shulardan bittasi – inson tilini ham e’tiborli qilishga o‘rgatadi. Chunki Rasululloh sallollohu alayhi vasallam insonlarni nafaqat yemoq-ichmoqdan, balki fe’l-atvorda bo‘ladigan illatlardan saqlanishni ham tavsiya qilganlar.

Ramazon suhbatlari doirasida Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi domla Rahmonov bilan bugungi suhbatimiz mavzusi ham ana shu haqida bo‘ldi.

“Payg‘ambarimiz alayhissalom marhamat qiladilar: “Kim Allohga va oxiratga iymoni bo‘lsa, gapirsa yaxshi gapni gapirsin, bo‘lmasa jim tursin”. Rasuli Akram alayhissalom bizdan shirin zabonli, shirin suxanli bo‘lishga tavsiya etmoqdalar. Ayniqsa, ulug‘ bir fursat – Ramazonda tilimizni ehtiyot qilishga, baqir chaqir qilmaslik, g‘iybat, yolg‘on, tuhmat, umuman bizning nomai a’molimizga yomon illat bo‘lib yoziladigan amallar tilimizdan sodir bo‘lmasligi kerak.

Ramazon tavba qiladigan oy. Bu – istig‘for aytiladigan, Qur’on o‘qiydigan, ko‘proq duo qiladigan, samimiylikni izhor etadigan, Alloh taologa xush yoqadigan fazilatli oy”, dedi suhbatdoshimiz.

Rahimberdi domla Rahmonovning aytishlaricha, Hazrati Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamning sochlari yelkalariga tushib turgan, tundek qop-qora bo‘lgan. Qad-qomatlari kelishgan, shirinsuxan inson bo‘lgan ekanlar. 

“Shu sabab biz, Muhammad alayhissalomning ummatlari faqat shirin so‘z aytishga, farzandlarimizga, do‘stlarimizga, qavmu-qarindosh va yoru do‘stlarimizga, ayniqsa, mana shu kunlarda yaxshi so‘zlar bilan murojaat qilishimiz lozim. 

Bugungi kunda eng qudartli qurol ham til bo‘lyapti. Til oilalarni buzib yuboryapti. Til bu mamlakatlarni bir-biriga teskari qilib qo‘yapti. Inson birgina tili bilan boshqa bir insonning qo‘nglini tog‘dek qilish mumkin yoki yer bilan yakson qilishi mumkin. Shu sabab yaxshi so‘zlashga odatlanib, tanigan-tanimagan kishilarga salom berib, farzandlarimizga shirinsuxanlik bo‘lib, oila a’zolarimizga bag‘rikenglik qilib, yaxshi muomalada bo‘lishlikni Alloh nasib aylasin”, dedi Rahimberdi domla Rahmonov.


Maqola muallifi

Teglar

Ramazon Rahimberdi domla Rahmonov

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing