Toshkentda Malibu-2 va Lacetti to‘qnashishi oqibatida uch kishi jarohatlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida Malibu-2 va Lacetti to‘qnashishi oqibatida uch kishi jarohat oldi. Bu haqda shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 23 sentyabr kuni soat 21:30 larda Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib  ko‘chasi 13-uy qarshisida haydovchi 2002 yilda tug‘ilgan A.K. Malibu-2 rusumli avtomashinasi va  haydovchi 1996 yilda tug‘ilgan M.Q. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi 1951 yilda tug‘ilgan X.T. va Malibu-2 rusumli avtomashina haydovchisi birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda” deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tracker piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Lacetti Malibu-2

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made