Toshkentda “Molotok” boshchiligidagi jinoiy guruh ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida “Molotok” laqabli zo‘ravon va uning guruhi qo‘lga olindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zini “Molotok” laqabi bilan tanishtirgan shaxs 2025 yilning so‘nggi oylaridan boshlab Chirchiq shahrida jinoiy guruh shakllantirish va hududda o‘z ta’sirini kengaytirishga urinib kelgan. U sport bilan shug‘ullangan, jismonan baquvvat yoshlarni o‘z atrofiga yig‘ib, ularni noqonuniy harakatlarga jalb qilgan. 

Mazkur guruhning maqsadi hududda ko‘cha nazoratini o‘rnatish, salbiy muhit vakillari orasida obro‘ orttirish va o‘zini jinoiy yetakchi sifatida ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan. Tergovga qadar o‘tkazilgan surishtiruv ishlari davomida guruh a’zolari avvaldan mavjud kelishmovchiliklar, qarz oldi-berdisini zo‘ravonlik yo‘li bilan hal qilib kelgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tezkor tadbirlari natijasida guruhning barcha a’zolari ushlanib, ularga Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va sud tomonidan gumonlanuvchilarga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida “Tayson” laqabli shaxs boshchiligida ko‘cha bezoriligi va tahdidlar bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy to‘da qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati bezorilik zo'ravon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing