Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi janjal o‘lim bilan tugadi
3-sahifa
−
26 mart
22595Joriy yilning 20 mart kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida maktab o‘quvchilari orasida yuzaga kelgan kelishmovchilik 11-sinf o‘quvchisining o‘limi bilan yakunlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 20 mart kuni soat 22:30 larda Angren shahar “Obod” MFY 13-dahada yashovchi 2008 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan M.D. Ulug‘bek mahallasida joylashgan monomarkazning orqa eshigi oldida 2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan A.O. bilan o‘zaro kelishmovchilik tufayli janjallashib, O.A.ni kaltaklab, unga qasddan tan jarohati yetkazgan.
Olgan tan jarohatlari oqibatida 18 yoshli O.A. sog‘lig‘i yomonlashib, vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan 22 mart kuni Angren shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Yunusobod tumanidagi 259-maktabning 6-sinf o‘quvchisi koptok zarbidan vafot etgan edi.
LiveBarchasi