Toshkentda maktab o‘quvchilari mushtlashdi
3-sahifa
−
26 aprel
9136Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilari o‘zaro kelishmovchilik ortidan janjallashib, bir-biriga tan jarohati yetkazgani aks etgan fotolavhalar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 21 aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan maktablarning birida voyaga yetmagan 2007 yilda tug‘ilgan R.S. hamda shu maktab o‘quvchisi bo‘lgan, 2007 yilda tug‘ilgan A.I. tortishib qolgan va tomonlar o‘zaro janjallashib ketgan.
Janjal vaqtida A.I. R.S.ga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Tan jarohati og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB) tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahridagi maktabda dars jarayonida o‘qituvchi o‘quvchini urgani uchun ishdan bo‘shatilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi