Toshkentda mahalla raisi 10 ming ko‘kiga yer sotayotganda qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Obod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi mahalla hududidagi 8 sotix yerni 10 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Jori yilning 27 noyabr kuni Toshkent viloyati IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan fuqarolar arizasiga ko‘ra tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Yangiyo‘l tumani, “Obod” MFY raisi lavozimida ishlovchi, 1954 yilda E.M. ushbu MFY binosida ariza muallifi R.T. dan 8 sotix noqonuniy yer uchun (har bir sotix 1250 AQSH dollardan) 10.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahalla raisi fuqaroga 2004 yil hisobidan eski qaror tayyorlab berishni va’da qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro E.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya jinoyat

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing