Toshkentda Lacetti YPX inspektorini urib yubordi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti haydovchisi yo‘l-patrul xizmati inspektorini urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 yanvar kuni soat 17:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Shahrisabz-Mustaqillik shoh ko‘chalari chorrahasida Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi, 2000 yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruv davomida chorrahada o‘z yo‘nalishini keskin chapga o‘zgartirib, chapga burilish davomida chorraha markazida xizmat olib borayotgan YPX inspektorini urib yuborgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida YPX inspektoriga shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda o‘smirlar radarni urib tushirib, kanalga oqizib yuborgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent YPX Lacetti Ichki ishlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing