Toshkentda Lacetti yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 22 aprel kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida Lacetti rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, boshqarmaga soat 15:01 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Yangishahar ko‘chasida avtomobil yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 15:06 da yetib borib, yong‘in soat 15:09 da o‘chirilgan.

“Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida elektromobil yonib ketgan edi. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Lacetti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing