Toshkentda Lacetti urib yuborgan piyoda vafot etdi
3-sahifa
−
04 yanvar 3904 1 daqiqa
2025 yilning 31 dekabr kuni Toshkent shahrida 34 yoshli piyoda Lacetti urib yuborishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 21:00 larda Yashnobod tumani Mahtumquli ko‘chasida 2005 yilda tug‘ilgan J.R. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda 1991 yilda tug‘ilgan Y.N.ni urib yuborgan. YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida 38 yoshli ayol yo‘l-patrul xizmati xodimi mashinada urib yuborishi oqibatida vafot etgandi.
Live
Barchasi