Toshkentda Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi (video)
3-sahifa
−
12:59 4414 1 daqiqa
Bugun, 15 fevral kuni soat 09:00 larda Toshkent shahar Sergeli tumani Qipchoq va Quruvchilar ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Lacetti va Leapmotor rusumli avtomobillar o‘zaro to‘qnashgan. Hodisa oqibatida Lacetti avtomobili haydovchisi hamda bekatda turgan bir nafar piyoda tan jarohati olgan. Shuningdek, Lacetti avtomashinasi ikkiga bo‘linib ketgan.
Jabrlanganlarga voqea joyida shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ularning holatiga aniqlik kiritilmoqda.
Voqea yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki sevishgan halok bo‘lgandi.