Toshkentda Lacetti haydovchisi boshqa haydovchiga “dubinka” bilan hujum qildi
3-sahifa
−
13 iyul 13427 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 2 nafar haydovchi o‘rtasidagi ziddiyat aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishcha, voqea joriy yilning 14 iyun kuni taxminan soat 11:00 larda Yunusobod tumani Rixsiliy ko‘chasida sodir bio‘lgan. Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi B.X. hamda Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi Sh.O.lar yo‘l talashish oqibatida o‘zaro tortishib qolgan. Shundan so‘ng, B.X. yo‘lning qatnov qismida avtomashinasini to‘xtatib, qo‘lidagi jism bilan Cobalt avtomashinasini chap tomon eshik oynasiga urib, voqea joyidan ketib qolgan. Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.X.ga nisbatan tuman IIO FMB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida tanishini mashinada urib ketib, o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Live
Barchasi