Toshkentda kuryerni urgan prankerlar jazolandi (video) 

3-sahifa

image

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yetkazib berish xizmatida ishlovchi yigitni urgan zo‘ravonning videosi tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘layotgan edi. Mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, videodagi tomosha aslida avvaldan bir-biriga tanish bo‘lgan ikki shaxs tomonidan obunachi yig‘ish uchun o‘ylab topilgan qo‘shtirnoq ichidagi prank bo‘lib chiqqan. 1994 yil Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tug‘ilgan shaxs Abduxoliq ismli sherigi bilan prank maqsadida video olgan. Shundan so‘ng ular videoni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylagan. 

“Bunaqa “seryozniy”lashib ketishini bilmadik. Bu video juda “seryoz”lashib ketdi. Qilgan videolarimizdan, qilgan ishlarimizdan afsusdamiz”, deydi prank muallifi. 

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani ichki ishlar organlari tomonidan ushbu shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-1-moddasi (tazyiq, zo‘ravonlik yoki shafqatsizlikni targ‘ib etuvchi mahsulotlarni tayyorlash, namoyish etish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan. 

Shu kabi qilmish uchun qonunchilikda fuqarolarga nisbatan 165 million so‘mgacha jarima jazosi nazarda tutiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan – hayit bayramida ota o‘z farzandini urib, mayib qilgani aytilgan video yuzasidan aniqlashtirish va munosabat bildirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

prank Ichki ishlar bosh boshqarmasi kurer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar