Toshkentda ko‘p qavatli uyning xonadonlarini poylagan erkak qamaldi (video)
3-sahifa
−
24 may
14812Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigit Toshkentdagi xonadonlarning eshigini poylab yurgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu uyda yashovchilarning arizasiga ko‘ra yigit shaxsi aniqlanib, unga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 2 may kuni shaharning Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi ko‘pqavatli 142-uyda sodir bo‘lgan. A.B. ismli shaxs tungi soat 02:30 lar atrofida uy oldidan o‘tib ketayotgan vaqtida, yordam so‘rab chaqirgan ovozni eshitgan. Shu sababli aynan kim yordam so‘rayotganini bilish maqsadida ushbu uyning to‘rtinchi yo‘lagidagi xonadonlarini ko‘z tirqishlariga qarab, xonadonlarni eshitgan. Oqibatda xonadonda yashovchilarni qo‘rqitib, ularning tinchligini buzgan.
Holat bo‘yicha u IIB binosiga taklif qilinganida, idoraga kelishdan bosh tortib, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.
Kecha, 23 may kuni sud qonunbuzarni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan aybdor deb topib, unga nisbatan 5 (besh) sutka ma’muriy qamoq hamda BHMning 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinladi.
Ma’mura To‘rayeva