Toshkentda ko‘p qavatli uyda yong‘in yuz berdi

Jamiyat

image

Kecha, 27 oktyabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi.

27 oktyabr kuni soat 13:46 da Toshkent shahrining Yashnobod tumani Aviasozlar 3-dahasidagi ko‘p qavatli 38-uyning tomida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishga 6 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 14:06 da o‘rab olingan va soat 14:20da bartaraf etilib, yong‘indan uyning 250 kv metr maydoni saqlab qolingan. 

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida ko‘p qavatli uyning 70 kv metr maydonda tom bo‘g‘ot qismlari yonib zararlangan. Yong‘inning taxminiy sababi, tomda olovli-ta’mirlash ishlarini olib borilishida yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

53

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing