Toshkentda ko‘p qavatli avtoturargohlar quriladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida hukumat tomonidan ko‘p qavatli avtoturargohlar quriladi. Bu O‘zbekiston Revpublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tabirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, ko‘p qavatli avtoturargohlar qurish uchun Toshkent shahrida maxsus davlat muassasasi tashkil etiladi. Unga yer uchastkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratiladi. Keyinchalik bu avtoturargohlar profilini o‘zgartirmaslik sharti bilan tadbirkorlarga beriladi.

Avtoturargohlar qurilishi respublika va mahalliy byudjet daromadlarining rejadan orttirib bajarilgan qismidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi. Birinchi bosqichda transport vositalari oqimi yuqori bo‘lgan 4 ta manzil tanlab olinadi.

Ko‘p qavatli avtoturargohlarni qurish bo‘yicha loyiha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing