Toshkentda kuchli shamol kuzatildi (foto)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 20 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol kuzatilmoqda. Toshkent shahri va viloyatida shamolning asoratlari 
sezildi.

Ijtimoiy tarmoqlrada shamol natijasida singan daraxtlar va undan zarar ko‘rgan avtomobillar surati tarqalmoqda.

Toshkentning Sergeli va Zangiota tumanlarining ba’zi hududlarida elektr ta’minotida uzilish yuzaga kelgan. Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida ham shunday muammolar kuzatilyapti.

Ohangaron shahrida esa ichimlik suvi ta’minoti uzilish bo‘lgani aytilmoqda.

Gidrometeorologiya xizmati markazi 20-21 mayda respublikaning ba’zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi haqida ma’lumot bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shamol

Baholaganlar

659

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing