Toshkentda ko‘chadan 28 kishi giyohvand modda qidirdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar ko‘chada yashirilgan buyumni qidirib yurgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Joriy yilning 20 mart kuniga o‘tar kechasi taxminan soat 01:25 larda 24 mart kuni taxminan soat 21:10 larda va 25 mart kuni taxminan soat 22:10 larda bir nechta fuqarolar Uchtepa tumani “Davlatobod” mahallasidagi xonadonlardan birining oldidan nimadir qidirgan. 

Olib borilgan o‘rganishlar jarayonida shu joydan noma’lum buyum qidirgan 28 nafar fuqaroning shaxsi aniqlangan. Ular o‘z ko‘rsatmalarida shu hududda yashirilgan (“zakladka”) giyohvand moddalarni internet orqali berilgan lokatsiya yordamida qidirib topganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. 

“Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent giyohvand modda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing