Toshkentda kriminogen vaziyat bo‘yicha reyd boshlangani rasman tasdiqlandi
Jamiyat
−
02 dekabr 2023
19622Toshkent shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahri hududida jinoyatlarni oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahar IIBB hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni va xavotirga berilmasligingizni so‘raymiz. Barcha harakatlar shahrimizning tinchlik va osoyishtaligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida “Baxti Tashkentskiy” va yana bir qancha “ko‘cha bolalari” qo‘lga olinganini ma’lum qilgandik.
LiveBarchasi