Toshkentda ko‘pxotinlilik masalasi yana trendda
Jamiyat
−
04 mart 2019
25995Toshkent ikki va ko‘pxotinlilik borasida mamlakat reytingida yuqori o‘rinlarni qayd etadi. Oilaviy ajralishlar borasida ham Toshkent “afsonaviy uchlik”ning eng boshida turibdi. 2018 yilning oxiridagi statistikalarga e’tibor qaratsak, tuzilgan har 100 ta oiladan 20 tasi ajralishgacha yetib bormoqda.
Kuni kecha Toshkent shahri imom-xatiblari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ham shular haqida so‘z borgan. Unda Toshkentdagi 119 ta masjid imom-xatiblari ishtirok etgan.
Yig‘ilishda jamiyatda avj olayotgan ikki va ko‘pxotinlilik masalasi ko‘tarilgan. Din sohasi vakillariga nikohlanuvchi shaxslardan sha’riy nikoh o‘qishdan avval fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan berilgan ma’lumotnomani talab qilish vazifasi qo‘yilgan.
Imomlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda masjidlardagi muammolar va e’tibor qaratish lozim masalalarga to‘xtalingan. Xususan, masjidlarda belgilangan vaqtlarda namoz o‘qilishi, ibodat qiluvchilarga zarur shart-sharoitlar yaratilishi, oilaviy tadbirlar, to‘y va ma’rakalarda qilinadigan ma’ruzalar tarbiyaviy ahamiyatga ega va tadbirning maqsadiga mos bo‘lishligi, qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan masjidlarda arxitektura talablariga rioya etilishi, ehson tushumlari va homiy mablag‘lari to‘g‘ri kirim qilinishi hamda maqsadli sarflanishi haqida aniq tavsiya va vazifalar berilgan.
Shuningdek, jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishda din soha vakillarining roli va o‘rni beqiyosligi e’tirof etilgan holda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan qabul qilingan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi mohiyati tushuntirilgan.
Ochiq muloqot davrida adashgan insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, mahallalarda aholi bilan ko‘proq uchrashuvlarni tashkil etish, ularga “Ma’rifiy islom”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” kabi g‘oyalarni tushuntirish, internet tarmoqlarida tarqalayotgan nosog‘lom diniy tushuncha va aqidalarga qarshi munosabat bildirish yuzasidan tavsiyalar berilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr