Toshkentda korxona sexi yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahridagi korxona sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Bugun, 5 yanvar kuni Bektemir tumani “H.Bayqaro” ko‘chasida joylashgan korxonalarning biridagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi.

Chaqiruvga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:43 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 14:51 da qurshab olingan va soat 14:57 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida sexning taxminan 35 kvadrat metr maydonida penopolistirol mahsulot chiqindilari yongan.

Hodisa tufayli tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari bozorida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing