Toshkentda kirakash 3 nafar yo‘lovchi ayolga shilqimlik qildi

Jamiyat

image

Ijtimoy tarmoqlarda uch nafar ayollarga shilqimlik qilgan taksi haydovchisiga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chora ko‘rilmayotgani haqida xabar e’lon qilindi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Matiz rusumli avtomobil (davlat raqami 10 Y 518 SA) haydovchisi – Jahongir T. tomonidan huquqbuzarlik sodir etilgani to‘g‘risida Toshkent shahar IIBBga ariza kelib tushmagan. Idora xodimlari yuqoridagi e’lon muallifi bilan bog‘lanib, jabrlanuvchilar haqida ma’lumot olgandan so‘ng, ayollarga yozma ravishda ichki ishlar organlariga murojaat qilish zarurligi tushuntirilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 17 sentyabr kuni ikki nafar jabrlanuvchi – E.M. va T.Yu. Mirobod tumani IIO FMBga murojaat qilishgan. Uchinchi qiz – M.S. ham yaqin orada ariza yozishga tayyorligini bildirgan.

Mazkur holat bo‘yicha tergov oldi tekshiruvlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB

Baholaganlar

1073

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing