Toshkentda xorijliklarni AQSHga jo‘natishni va’da qilganlar ushlandi
3-sahifa
−
12 may 3295 2 daqiqa
Toshkent shahrida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida xorijlik fuqarolarni turli yo‘llar bilan Amerika Qo‘shma Shtatlariga chiqarib yubormoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsilik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, poytaxtda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahrida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro xorijiy fuqaroning ishonchiga kirib, uni va 4 nafar oila a’zolarini har birini 30 ming AQSH dollaridan jami 150 ming AQSH dollari evaziga Turkiya davlati orqali AQSHga ishlash uchun yuborishini aytadi. So‘ngra viza hujjatlarini mansabdor tanishlari orqali tayyorlab berishi uchun oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlanadi.
Qolaversa, poytaxtda vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan, 2004 yilda tug‘ilgan xorijiy fuqaro boshqa chet et fuqarosining ishonchiga kirib, unga Buyuk Britaniya soxta fuqarolik pasportlarini tayyorlatib berish imkoniyati borligini aytadi. So‘ngra mazkur soxta pasportlar yordamida AQSHga Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari orqali uni jo‘natib yuborishi evaziga jami 25 ming AQSH dollari talab qiladi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu fuqaro oldindan 12 ming 500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, uning yashash xonadonidan qalbaki pasport va ID-kartalar ham ashyoviy dalil sifatida olingan.
Har ikkala holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida Meksika orqali AQSHga yuborishni va’da qilib, fuqarolarni aldagan shaxs ushlangn edi.
Live
Barchasi