Toshkentda xonadonida qimorxona tashkil qilgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida xonadonida noqonuniy qimorxona tashkil etgan fuqarolar ushlandi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Yakkasaroy tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Olingan tezkor ma’lumotga asosan tumanda joylashgan xonadonlarning biri xolislar bilan ko‘zdan kechirilganda chet el fuqarolari tomonidan ijaraga olingan ushbu uyda tavakkalchilikka asoslangan onlayn qimor o‘yinlari o‘tkazib kelinayotgani aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida ashyoviy dalil sifatida 37 dona noutbuk, 1 400 AQSH dollari miqdorida pul, 34 ta sim karta, 7 ta telefon, 12 ta bank plastik kartasi rasmiylashtirilib olingan. Tergov jarayonida aniqlanishicha, ushbu qimorxonada 3 oy davomida 900 ming AQSH dollari aylantirilgan. Gumonlanuvchi sifatida 12 nafar chet el va 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.

“Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent xonadon shaxs qimorxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing