Toshkentda xonadonida 13 kg qoradori saqlagan er-xotin ushlandi (video)
3-sahifa
−
04 dekabr 4215 2 daqiqa
Toshkent sharida xonadonida 4 kg 200 gramm “Alfa PVP” va 9 kg “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositalari saqlagan er-xotin ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Shoxruh G‘iyosov xabar berdi.
Qayd etilishicha, dastlab 1993 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi Cobolt avtomashinasi tekshirilib, 83 gramm “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi topilgan. Haydovchi 2025 yilning boshidan Telegram platformasida faoliyat yurituvchi narkodokonda giyohvandlik vositalarini qabul qilib, tarqatib kelayotgani aniqlangan.
Tezkor tadbir Yunusobodda davom ettirilib, jinoiy guruhning yana bir 3 nafar 2007 yilda tug‘ilgan a’zolari ushlangan. Ularning qo‘lidagi sumkadan 730 dona “Mefedron” olingan bo‘lsa, ijara asosida yashab kelgan xonadonda 354 dona bo‘laklarga o‘ralgan “Alfa PVP” va 500 gramm “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi topilgan.
Aniqlangan uyushmaning rahbarlarini qo‘lga olishga qaratilgan tezkor qidiruv tadbirida asosiy ombor mudiri ushlangan. 1984 yilda tug‘ilgan erkak va uning 1996 yilda tug‘ilgan ayoli bilan turgan yashash manzilida tintuv tezkor harakatlari o‘tkazilgan. Xonadonda 4 kg 200 gramm “Alfa PVP” va 9 kg “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositalari va qadoqlashda foydalaniladigan boshqa ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 17 kg va bir marotabalik 85000 dozaga teng bo‘lgan qoradori olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida giyohvandlik vositalarini pullamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi