Toshkentda xonadon yonib ketdi
3-sahifa
−
19 iyul 2025 6432 1 daqiqa
Kecha, 18 iyul kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 21:30 da tumanning Nurobod 2-tor ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 21:40 da yetib borgan. Yong‘in 22:13 da qurshab olingan hamda soat 22:33 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan savdo majmualaridan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiBuxoroda yana zilzila bo‘ldi
21 may