Toshkentdagi “Globus” savdo markaziga o‘t ketdi
3-sahifa
−
18 iyul 7542 1 daqiqa
Bugun, 18 iyul kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan savdo majmualaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 19:54 da tumanning Zargarlik ko‘chasida joylashgan savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.
Mazkur xabarga asosan, yong‘in qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 20:00 da yetib borgan va soat 20:03 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Bildirilishicha, tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
QALAMPIR.UZ'ga kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in “Globus” savdo markazida sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan ishlab chiqarish sexlarining birida yong‘in chiqqandi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr