Toshkentda Xitoy bilan bog‘laydigan temir yo‘l masalasi muhokama qilindi
Jamiyat
−
11 Oktabr 2019
3152Bugun, 11oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining islohotlar va rivojlanish bo‘yicha davlat qo‘mitasining chet el kapitali va xorijiy investitsiyalar departamenti bosh direktori o‘rinbosari Chjen Chiping boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda "O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy" temir yo‘l loyihasini amalga oshirish yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Xitoy tomoni mazkur temir yo‘l liniyasi o‘tishi mumkin bo‘lgan hududlar bo‘yicha o‘z takliflarni bildirdi.
Tomonlar temir yo‘l liniyasi nafaqat bir davlat uchun balki butun mintaqa rivoji va taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, davlatlar o‘rtasida multimodal tashuvlar hajmini ko‘paytirish, hamkorlikda avtomobil tashuvlarini faol rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.
LiveBarchasi