Toshkentda kar-soqov ojizani kaltaklagan ayol qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda va messenjerlarda ayollar jismoniy imkoniyatlari cheklangan (kar-soqov) ayolga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘layotganligi aks etgan video tarqalgandi. Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi 28 yoshli Mumtozbegim D. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasiga asosan qo‘lga olindi.

Bundan tashqari, Mirobod tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor tomonidan kaltaklangan M.V.ga himoya orderi topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qiynash, ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

635

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing