Toshkentda kafe yonib ketdi

3-sahifa

−

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida joylashgan kafelardan birida yong‘in yuz bergani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 18 aprel kuni soat 13:42 da Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan kafeda yong‘in bo‘layotgani haqida tuman FVB dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:44 da yetib borgan. Voqea joyi ko‘zdan kechirilganda kafe oshxonasida qozondagi yog‘ nazoratsiz qoldirilgani aniqlangan. FVV yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan yong‘in sodir bo‘lishining oldi olingan.  

Aniqlanishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing