Toshkentda kafe yondi: 3 kishi jarohatlandi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 13 yanvar kuni Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan kafelardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi. 

Unga ko‘ra, ertalabki soat 09:39 da Toshkent shahar Mirobod tumani, Sarakul ko‘chasida joylashgan kafelarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shu bois 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 09:44 da yetib borib, yong‘in soat 10:06 da o‘rab olingan va soat 10:35 da o‘chirilgan. 

Yong‘in natijasida kafe binosining taxminan 150-200 kv.m maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘indan 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

"Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 yanvar kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi gaz “zapravka”da “Kamaz” rusumli yuk mashinasi yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in kafe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing