Toshkentda qo‘shimcha 7 ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida 4 sentyabr kunidan boshlab qo‘shimcha 7 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.

“Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan, jamoat transporti xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar oqimi ortishi sababli, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish hamda yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlari soni 167 taga yetkaziladi hamda kunlik ishga chiqarilayotgan avtobuslar soni 1700 taga oshiriladi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, yo‘lovchilardan kelib tushgan murojaatlar asosida, Toshkent shahrida 4 sentyabrdan boshlab qo‘shimcha 7 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilgan.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing