Toshkentda qurilishi tugallanmagan binoda yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 20 iyul kuni Toshkent shahridagi hali qurib bitkazilmagan binoda yong‘in chiqdi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 13:33 da Yashnobod tumani Katta Olmos  ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan binolarning birida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:42 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 13:57 da o‘chirilgan.                                                                                

“Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida binoning birinchi qavatidagi qurilish mahsulotlari yongan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in qurilish bino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made