Toshkentda qora “maska”lilar jami 10 ta qarag‘ayni arralab ketdi

3-sahifa

image
Toshkentda qora “maska”lilar 10 ta qarag‘ayni arralab ketgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi north_east

Toshkentda qora “maska”lilar 10 ta qarag‘ayni arralab ketgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi Amir Temur va Chinobod ko‘chalari chorrahasi yonida 18 dona eldor qarag‘aydan 10 tupi noma’lum kimsalar tomonidan tunda arralab ketildi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur hududni auksion orqali qo‘lga kiritgan fuqaro ushbu daraxtlarni boshqa joyga ko‘chirishga ruxsat berishni so‘rab murojaat qilgan. Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bunga rad javobini bergan.

Shundan so‘ng, noma’lum kimsalar tomonidan tunda 10 ta daraxt yarmigacha arralab ketilgan. Ekologlar esa ushbu daraxtlarni quritmasdan saqlab qolish maqsadida Botanika instituti mutaxassislarini jalb qilgan holda agrotexnik tadbirlarni olib borib, ularni asrab qolish choralarini ko‘rgan. 


 
Biroq oradan ma’lum vaqt o‘tib, qora niqobdagi kishilar yana 4 ta daraxtni kesib, voqea joyidan qochib qolgan. Bu yerning egasi J.G. daraxt ko‘chirilishiga ruxsat berilmagani tufayli uning huquqlari buzilganini aytib, ekologlar ustidan huquqni muhofaza qilish organlariga shikoyat yo‘llagan. Sud esa ushbu arizani qanoatlantirishni rad etgan.

“Hozirgi kunda mazkur holat bo‘yicha tuzilgan maxsus ishchi guruhi qayd etilgan manzilda batafsil o‘rganish ishlarini o‘tkazib, sodir bo‘lgan holatga qonuniy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar Yunusobod tuman prokuraturasiga topshirildi. Tunda daraxtlarga atayin shikast yetkazayotganlarni topish maqsadida ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda rejali tadbirlar amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

337

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing