Toshkentda qog‘oz qutilar saqlash omborxonasi yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 28 noyabr kuni Toshkent shahrida qog‘oz qutilar saqlash omborxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bektemir tumani “Somon bozor” ko‘chasida joylashgan qog‘oz qutilar saqlash omborxonasida yong‘in sodir bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan shahar FVBga soat 13:42 da xabar kelib tushgan.

4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:53 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:46 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida omborxonaning taxminan 150 kv.m maydonda ichki qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. 

FVBga ko‘ra, hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing