Toshkentda qizlarni Turkiyaga fohishalikka jo‘natayotgan ayol ushlandi
3-sahifa
−
28 dekabr 2022
12514Toshkentda 2 nafar qizni Turkiya davlatiga fohishalik qilish uchun jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Joriy yilning 16 dekabr kuni Andijon viloyatida Ichki ishlar xodimlari tomonidan fuqaro E.N.ning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Qayd etilishicha, fuqaro X.G. Andijon tumani va shahrida yashovchi E.N. va M.M.ni Turkiyaga fohishalik qilish uchun yuborish evaziga Oygul ismli tanishidan 700 AQSH dollarini olishga kelishib olgan.
U kelishilgan 700 dollari hisobidan 150 AQSH dollarini olib, E.N. va M.M.ni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaga jo‘natib yuborayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi