Toshkentda qizilda to‘xtamagan haydovchi 12 yoshli bolani urib ketdi
3-sahifa
−
07 may 8320 1 daqiqa
Joriy yilning 1 may kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida Lacetti mashinasi 12 yoshli piyodani urib yubordi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, 21 yoshli haydovchi svetoforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmasdan tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bolani urib ketgan. Voqea oqibatida bola shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transportni ta’mirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bildirilishicha, haydovchi protsessual tartibda ushlangan va unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 may kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida Lacetti avtomashinasi piyodani urib yuborgandi va u shifoxonada vafot etgandi.
Live
Barchasi