Toshkentda qiz bolaning intim suratini tarqatish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan yigit ushlandi
Jamiyat
−
20 mart 2020
19303Toshkentda qiz bolaning intim suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, pul undirmoqchi bo‘lgan yigit qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Ichki ishlar organlariga 22 yoshli Sh.A. murojaat qilib, undan 800 AQSH dollari undirmoqchi bo‘layotgan yigitga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Aks holda yigit qizning intim suratlarini internet tarmog‘ida tarqatishini va uning qarindoshlariga ko‘rsatib, uni sharmanda qilishini aytgan.
25 yoshli Ibrohim K. 10 mart kuni Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida pulni qabul qilayotganida qo‘lga olingan. Uning aytishicha, u 2019 yil avg ust oyida Telegram messenjerida o‘ziga akkaunt yaratib, tanishi Sh.A. bilan yozishishni boshlagan. Yigit o‘z qilmishining sabablari haqida gapirishdan bosh tortgan.
Ushbu fakt asosida Ibrohimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165 moddasi (“Tovlamachilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi