Toshkentda qimor o‘yini tashkilotchisi qariyb 5 yilga “kesildi”

Olam

image

Toshkent shahrining Sergeli tumanida qimor o‘yini tashkil qilgan fuqaro 4 yil-u 11 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan choyxonada bir guruh shaxslar qimor o‘ynayotgani aniqlangan.

Choyxonani ko‘zdan kechirish jarayonida qimor o‘yinlarida foydalaniladigan oshiq suyaklar, o‘yin kartalari, plastik chashkalar, sochilgan holda yotgan 1800 AQSH dollari va 755 ming so‘m ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Tadbir davomida qimor o‘yini tashkilotchisi, Chilonzor tumanida yashovchi shaxs qo‘lga olinib, u doimiy tarzda bu kabi o‘yinlarni tashkil qilib kelgani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan bu fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

2023 yilning oktyabr oyida Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi tomonidan mazkur fuqaroga 4 yil-u 11 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent qimor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing